Robot soʻzi qayerdan kelib chiqqan?

12 Oktabr, 2026
12 koʻrilgan
Robot soʻzi qayerdan kelib chiqqan?

Robot soʻzi qayerdan kelib chiqqan?

Robot soʻzi qayerdan kelib chiqqan?

Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan "FIRST Global Challenge 2026" robototexnika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yosh muhandislar 16 ta o‘yinda 637 ball to‘plab, g‘alaba qozondi. Bunday yutuqlar zamirida muhandislik bilimlari, texnologik izlanishlar va amaliy tajriba muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda robototexnika jadal rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. "Robot" atamasi 1920-yilda chex yozuvchisi Karel Chapekning "R.U.R." pyesasi sababli ommalashgan.

Bu so‘zning ildizi chex tilidagi mehnat ma’nosini anglatuvchi robota so‘ziga borib taqaladi. Asarda robotlar insonlar o‘rniga mehnat qiladigan sun’iy ishchilar sifatida tasvirlangan.

Hozirda robotlarning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ular turli maqsad va muhitlarda qo‘llaniladi. Tuzilishi esa mexanik qismlar, elektron komponentlar va dasturiy ta’minotdan iborat.

Siz ham oʻzbekcha Vikipediyadagi robotexnikaga oid mavjud maqolalar sifatini oshirishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Manba / Muallif: Maxmuda Bozorova

Rasmiy xabarlar va eʻlonlarni yetkazib beruvchi.